Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yil 18-19 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Özbekistonga davlat taşrifi bilan keldi.
Taşrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan 20 ta hujjat imzolandi.
Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Özbekistondagi birinçi AES qurilişiga start berdi. Uşbu stansiya har biri 1200 megavatt quvvatga ega ikkita, “3+“ avlodiga mansub eng zamonaviy va xavfsiz energiya blokidan iborat böladi. Atom elektr stansiyasining işga tuşirilişi natijasida katta miqdorda tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga karbonad angidrid çiqarilişi yiliga 14 million tonnagaça, azot oksidlari çiqarilişi 36 ming tonnaga kamayadi.
Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi munosabati bilan Toşkentda ikki tomon işbilarmon doiralari iştirokida “Özbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi ötkazildi. Rossiya hududlari, yetakçi kompaniya va sanoat korxonalari rahbarlari – jami mingdan ziyod kişi iştirok etgan forum natijalariga köra, umumiy qiymati 27,1 milliard dollarga teng 785ta ikki tomonlama bitimlar va memorandumlar imzolandi.
Xususan, savdo-iqtisodiy sohada 1,76 mlrd dollarlik 600 bitim, investitsiya sohasida 25,3 mlrd dollarlik 185 kelişuv imzolangan.
Erişilgan kelişuvlar evaziga Özbekiston va Rossiya vakillari iştirokida 79ta qöşma korxona taşkil etiladi, 23ta yangi savdo uyi oçiladi va Özbekistonda 20ta ulgurji savdo markazlari tuziladi.
Şuningdek, tarmoqlar sohalardagi hamkorlik doirasida Özbekiston va Rossiya korxonalari örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça 1,2 milliard dollarlik 242ta şartnoma va dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça 1,4 milliard 136ta şartnoma imzolangan.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning ma'lum qilişiça, hisob-kitoblarga köra, joriy yilda tovar ayirboşlaş hajmi 6 milliard dollarga yetadi. Yaqin yillardagi vazifa savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkaziladi.
Ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari rahbarlari iştirokida ötgan “Yangi iqtisodiyot uçun yangi kadrlar” mavzucidagi birinçi Ta'lim forumida ta'lim va fan sohalaridagi hamkorlik, jumladan, mamlakatda Rossiyaning yetakçi oliy öquv yurtlari filiallarini oçiş töğrisida 100dan ortiq kelişuv imzolangani












