18:09 / 20.10.2018
14755

«Real» yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 9-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Real» o‘z maydonida «Levante»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. 

6-daqiqada Morales mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 13-daqiqada Marti penaltidan gol urib, hisobdagi farqni oshirdi. Shundan so‘ng, «Real» juda katta tashabbusga ega bo‘lsa-da, raqib darvozasini atigi bir marta ishg‘ol qildi. 72-daqiqada Marselo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 14 ochko bilan 5-o‘rinda, «Levante» esa 13 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. 

Ispaniya chempionati, 9-tur 
Real Madrid – Levante 1:2 

20 oktabr, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 0:1 – 6 Morales, 0:2 – 13, penalti Marti, 1:2 – 72 Marselo. 
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Beyl, 46), Ramos, Isko (Benzema, 60), Kazemiro, Vaskes, Modrich, Asensio (Sebalos, 60), Dias.
Levante – Olasabal, Postigo (Rodriges, 75), Rober, Tono, Kabako, Morales, Rochina (Dukure, 67), Bardi, Kampanya, Jyeyson, Marti (Boateng, 79).
Ogohlantirish: Kabako (53).

Mavzuga oid
Top