Ikkinçi jahon uruşi paytida «Gannersayd» amaliyotiga rahbarlik qilgan norvegiyalik Yoaxim Renneberg 99 yoşida vafot etdi. Uning ölimi haqida Reuters xabar bermoqda.
1943 yilda Renneberg Norvegiyadagi Vemork gidroelektrstansiyasida oğir suv işlab çiqarişni yöq qilişga qaratilgan qöporuvçilik harakatiga boşçilik qilgan. Uning işlab çiqarilişi atom bombalarining keyingi rivoji uçun juda muhim edi. Norvegiyalik amaliyotga rahbar etib tayinlanganida atigi 23 yoşda bölgan.
Norvegiya hukumati Rennebergni «natsistlar Germaniyasining yadroviy ambitsiyalarini yöq qilişi lozim bölgan jasur reyd yetakçisi», deb atagan. Garçi tarixçilar uçinçi Reyx öşa paytda yadro quroli işlab çiqara olişi mumkin bölganiga şubha qilişsa-da, ular 1943 yilda xatarlarni aniqlaş qiyin vazifaga aylanganini tan olişadi, deya qöşimça qilgan agentlik.
«Gannersayd» amaliyoti Vemorkka hujum qiliş uçun ikkinçi uriniş edi. Birinçisi muvaffaqiyatsizlikka uçragan: qiyin ob-havo şaroitlari tufayli qöporuvçilarning bir qismi yerga tuşişda qoyalarga urilgan, boşqalari esa gestapo tomonidan asirga olingan. Ikkinçi urinişda harbiylar vazifani uddalaşdi. Qöporuvçilik harakatidan keyin zavod qayta tiklanmadi, qolgan suv Germaniyaga olib çiqib ketildi.
Renneberg 1919 yilda Norvegiyaning Olesunn şahrida tuğilgan. 1940 yilda Germaniya Norvegiyaga bostirib kirgaç, Buyuk Britaniyaga qoçib ketgan, u yerda harbiy tayyorgarlikdan ötkazilgan va Vemorkdagi missiyani bajarişga tayinlangan. Ittifoqçilar ğalabasidan keyin u radiomuxbir bölib işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uçinçi reyx böyiça ekspert Merkelni keskin tanqid qilgandi.












