Polşa prezidenti Anjyey Duda Bild naşriga bergan intervyusida sobiq ittifoq va natsistlar Germaniyasi yetakçilari Iosif Stalin va Adolf Gitler Polşani yöq qiliş maqsadida til biriktirişgani haqida sözlab berdi.
Dudaning aytişiça, Polşaning bosib olinişi sobiq ittifoq va Germaniya tomonidan 1939 yil avgustida imzolangan Molotov-Ribbentrop paktida tilga olingan. Duda ittifoq armiyasini Germaniyaning boş ittifoqdoşi deb atagan va u hujjat imzolangandan bir oy keyin Polşa hududiga kirib borganini eslatib ötgan.
Duda ayni vaqtda Rossiya “özini bundan bexabardek tutmoqda va “tajovuzkor siyosatni” davom ettirmoqda”. Jumladan, Polşa prezidenti Rossiyani Gruziya va Ukrainaga hujum qilişda ayblagan.
Avvalroq Polşa taşqi işlar vaziri örinbosari Şimon Şinkovskiy mamlakat parlamentiga Rossiya nima uçun Ikkinçi jahon uruşi boşlanişining 80 yilligiga bağişlangan tadbirlarga taklif qilinmagani sababini tuşuntirib bergan. Uning aytişiça, Rossiya öşa maş'um voqealarni “tarixiy haqiqat” ruhida nişonlaşdan manfaatdormas.
Ikkinçi jahon uruşi Germaniyaning 1939 yil 1 sentyabrda Polşaga bostirib kirişi bilan boşlangan. 17 sentyabrda esa Polşaga sobiq ittifoq qöşinlari kirib borgan va mamlakat hududi ikki davlat tomonidan bölinib olingan.

















