Toşkent viloyati Böka tumaniga yangi prokuror tayinlandi. «Kun.uz» manbasi xabar berişiça, endilikda bu lavozimni Bahrom Qobilov egallagan.
Sobiq prokuror 14 oktabr kungi selektor vaqtida paxta hosilini yiğib-terib oliş işlaridagi kamçiliklar uçun işdan olingan prokurorlar içida bölgan.
Bahrom Qobilov turli yillarda Toşkent şahar Mirobod tumani prokuraturasida tergovçi, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraş boşqarmasida alohida muhim işlar böyiça katta tergovçi lavozimlarida işlagan.
Keyinroq boşqarma prokurori, şu yilning may oyida esa Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi akademiyasi boşliği lavozimiga tayinlangan Kolenko Yevgeniy Vyaçeslavoviç örniga boşqarma boşliği örinbosariga aylangandi.
Prokuror Bahrom Qobilov jurnalist Bobomurod Abdulla işida davlat qoralovçisi sifatida iştirok etgandi.
U şu yilning iyunida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraş boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimidan iste'foga çiqqandi va Toşkent viloyati prokuraturasida bölim boşliği sifatida faoliyatini davom ettirayotgandi.
Eslatib ötamiz, 12 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böka tumaniga taşrif buyurib, paxta terimini közdan keçirgandi. Prezident taşrifi davomida qator kamçiliklar aniqlangan. Ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uçragan.












