Hukumat qarori bilan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorga özgartirişlar va qöşimçalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Kiritilgan özgartirişlarga köra, tölov hujjatida xatolar yoki hisobga oliş asboblari körsatkiçida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste'molçi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qiladi, korxona esa bu haqida majburiy ijro byurosiga xabar berişi kerakligi belgilandi.
Şuningdek, qarorga muvofiq köp kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar içida örnatilgan hisobga oliş asboblarining saqlanişi va butunligi uçun iste'molçining javobgarligi belgilandi.
Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq hisobga oliş asbobining xotira bloki va uni dasturlaşdan foydalaniş tugmasiga taşqaridan ta'sir körsatiş ham qoida buzilişi hisoblanadi va majburiy ijro byurosining vakili tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Xatlovdan ötkaziş dalolatnomasi tabiiy gaz iste'molini hisobga oliş priborini davlat qiyoslovidan ötkaziş uçun yeçib oliş sanasida tuzilişi belgilandi.
Bundan taşqari, iste'molçilar gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulanganda, iste'mol qilingan gazning qiymatini undiriş holatlariga aniqlik kiritildi.
Xususan, hisobga olişni notöğri körsatiş maqsadida hisobga oliş priboriga modem yoki boşqa vositalarning ruxsatisiz ulanganligi aniqlanganda – ruxsatsiz aralaşilgan kundan boşlab butun vaqt davomida, hisobga oliş pribori buzilgan taqdirda yoki mavjud bölmaganda, plombalar uzilganda bir hisob-kitob davridan köp bölmagan vaqtda gazning qiymati undiriladi.

















