Aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregor rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarşi yengil vazn toifasida Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) çempioni nomi uçun keçgan jang yakunlarini sarhisob qildi.
«Birinçi raund. Öylaymanki, oçkolar böyiça birinçi raund uning foydasiga hal böldi. U tepadan pozitsiyani uşlab oldi. Şundan keyin heç qayerga qimirlamadi va heç qanday zarar yetkazmadi. Lekin u tepada edi. Jang nuqtai nazaridan, birinçi raund mening foydamga hal böldi. Men unga bir neçta aniq zarba berib, tajovuzkor harakat qildim. Çap qöl bilan töğri zarba, boşga tizza bilan, tirsaklar bilan klinçdagi zarbalar. Raqib deyarli butun raund oyoqlari bilan qafasga tayanib turdi», - deb yozadi instagramda Makgregor.
Jangçining ta'kidlaşiça, ikkinçi raundda Nurmagomedov tasodif tufayli bahs taqdirini hal qilgan zarbani berdi.
«Bu yaxşi zarba edi. Şundan söng men darhol özimga keldim va javob qaytarişga urindim, ammo raqib çiqib ketdi. Aqlli usul, bu unga raundni öz foydasiga hal qiliş imkonini berdi. Ajoyib», - deya ta'kidlab ötdi irlandiyalik.
Makgregorning fikriga köra, raqibining tik turgan holdagi işiga jiddiyroq munosabatda bölganida, jang boşqaça yakun topişi mumkin edi.
«Men zarbalar almaşişga tayyorlanmagan edim. Tik holatda sparringlarda deyarli işlamadik. Faqat greppling/kuraş. Men bu xatoni endi qaytarmayman. Parterdan himoyaga köp e'tibor qaratib yubordim va özim hujum qilmadim. Bu men uçun yana bir xato böldi.
Heç kimga quloq solmang va özingizning kuçli tomonlaringiz nimadan iborat ekanini bilib yuring. Siz özingizga özingiz xöjayinsiz. Faqat özingizni eşiting», - deya aytib ötdi UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq çempioni.
Irlandiyalikning ma'lum qilişiça, taşabbus uçinçi raundda uning tomonida bölgan va u jangning uçinçi qismini öz foydasiga hal qilgan.
«Törtinçi raund. Tiklaniş yaxşi darajada bölmadi. Bu mening aybim. Men boşida zarbalar almaşinuvida ğalaba qozondim, lekin u yana oyoqlarga yopişdi. Men biroz yomon holatga tuşib qoldim, raund yakunlanişiga esa 3 daqiqa qolgandi. Çiqib ketişga harakat qildim va qafasga yelkam bilan turib qoldim. Barqaror pozitsiya, lekin men juda muhim xatoga yöl qöydim hamda yelkamni berib qöydim. Şundan keyin u mohirona va halol tarzda jangni öz ğalabasi bilan yakunladi», - deb yozadi Makgregor.
Jangçining qayd etişiça, bahs ajoyib tarzda bölib ötdi.













