Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noma'lum shaxslar Sorosning Nyu-Yorkdagi uyi pochta qutisiga bomba tashlab ketishdi
Huquq-tartibot organlari amerikalik milliarder Jorj Sorosning uyidagi pochta qutisida portlovchi qurilma topdilar. Bu haqda The New York Times gazetasi Uestchester okrugi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga asosan xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaning aytishicha, Bedforddagi Soros qarorgohi xodimi ichida portlovchi qurilma bo‘lgan paketni topgan. U topilmani odamlar kam bo‘ladigan joyga olib borib, shundan keyin bu haqda huquq-tartibot organlarini xabardor qildi.
Nashrdan ta'kidlashlaricha, voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar qurilmani nazorat ostida portlatishgan.
Bundan tashqari, gazetadan qo‘shimcha qilishlaricha, Soros hozirgi vaqtda uyda yo‘qdir.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
19:21 / 10.11.2025
Birgina hazilni deb aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi
08:13 / 22.09.2025