Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov viloyatdagi futbol mutasaddilari hamda «Dinamo» professional futbol klubi rahbariyati va futbolçilari bilan uçraşganida «Raqobatbardoş futbol jamoasi barpo etiş uçun katta pul kerak böladi. Ammo biz mahalliy iste'dodlardan iborat jamoani tuza olsak, pul ham iqtisod böladi, jamoa ham çiroyli öyin körsatadi», deb aytgan edi.

Viloyatdagi professional futbol klublari «Dinamo» va «Şerdor»ga ham, respublika ösmirlar va yoşlar terma jamoalariga ham potensial nomzod yetkazib beruvçi, yoş futbolçilarni tarbiyalovçi maskan — Samarqand viloyat bolalar-ösmirlar futbol akademiyasidir.

2018 yil 26 avgustda sobiq futbol maktab-internati örnida iş boşlagan akademiyaning ahvoli qanday, ularga barça şaroitlar yaratilganmi, hamma narsa yetarlimi? Sayt ijodiy guruhi şu kabi savollarga javob izlaş uçun Samarqand viloyat bolalar-ösmirlar futbol akademiyasida bölib qaytdi.

— Garçi öquv yiliga 10 kun qolganda akademiyamiz oçilgan bölsa ham, biz avgust oyi mobaynida viloyatdagi bolalar içidan iste'dodli futbolçilarni saralab oldik, — deydi akademiya direktori Vladimir Gurşumov. — Ayni paytda akademiyamizda yoşiga qarab 7ta guruhda 22 nafardan, jami 154 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ularga 19 nafar murabbiy futbol sir-asrorlarini örgatib kelişmoqda.

Qayd etib ötiş joizki, hududlarda futbol akademiyalari, jumladan, Samarqandda ham Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «Futbolni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–3610-sonli qarori va mazkur qaror ijrosini ta'minlaş yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi «Sport turlari böyiça ixtisoslaştirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillaştiriş töğrisida»gi 410-sonli qarori asosida taşkil etildi.

Oldinga ötib aytişim kerakki, sobiq ixtisoslaştirilgan futbol maktab-internatining eskirgan binosi, zamonaviy futbol akademiyasi talablariga mutlaqo javob bermaydi. Samarqanddan ham viloyat, qolaversa, respublika dovruğini dunyoga taratadigan futbolçilar çiqişini istar ekanmiz, barça zamonaviy şaroitlarga ega, yangidan barpo etilgan akademiya zarur.