Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) çempioni Habib Nurmagomedovning menejyeri Ali Abdulaziz aralaş yönalişlar (MMA) böyiça jangçi Konor Makgregorga murojaat bilan çiqdi. Bu irlandiyalik jangçi bahsdagi öz xatolarini ma'lum qilganidan söng yuz berdi.
Doğistonlik jangçining menejyeri instagramdagi öz sahifasida Makgregorga murojaat qilgan.
«Çempion Habib Nurmagomedov kimnidir sözlariga e'tibor qaratiş uçun juda band, u hayotdan zavqlanmoqda. Lekin mening bu mayda şaxs va özini oqlamoqçi bölayotgan uning jamoasiga javobim şunday. Qanday qilib yelka bilan yotib, harakat qiliş imkonini qöldan çiqargan tarzda jangda yutiş mumkin? Sen bilan köça jangida hammasi bir soniyada hal bölardi. Seni tiz çöktirişdi, xuddi yoş bolaga öxşab ketding», - deya ma'lum qildi mutaxassis.
U irlandiyalik jangçiga jangni özi töxtatganini eslatib ötdi.
«Yaratgan Habibning yuragiga rahm-şafqat berdi va u sen jangdan boş tortiş böyiça maşina ekanligingni körsatdi. U böyinni uşlab oldi, lekin bu böğiş usuli emasdi. Sen ikkala qölni ham yerga qöyding va taslim böliş maqsadida ulardan birini kötarding», - deya ta'kidlab ötdi Abdulaziz.
Şuningdek, menejyerning ma'lum qilişiça, faqat 100 million dollar evaziga Nurmagomedov Makgregorning jangni takrorlaş böyiça çaqiriğiga javob beradi.
«Endi sen revanşni xohlayapsan, lekin bizga 100 mln olib kelmasang, u yuz bermaydi. Dökon oçib, bor e'tiborni savdoga qarat. Boz ustiga, sening barça ahmoqona gaplaringdan keyin», - deya xulosa qildi Abdulaziz.
6 oktabr kuni UFC 229 musobaqasida Nurmagomedov törtinçi raundda Makgregorni mağlubiyatga uçratdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jangdagi öz xatolarini ma'lum qilgandi.













