Mashhur fud-bloger Mark Uins O‘zbekiston haqidagi navbatdagi videosida Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va tarixiy shaharlardan biri - Samarqandga yo‘l olayotganini ma'lum qiladi. Yo‘lda u qovurilgan baliq mazasini tatib ko‘rish uchun Chinozdagi o‘zbek oshxonalaridan birida to‘xtaydi. Mark Uins baliq tayyorlash jarayonini boshidan oxirigacha kuzatdi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu jarayon videosi bilan bo‘lishdi.

Fud-blogerga qovurilgan baliq ta'mi juda manzur bo‘ladi, albatta. Umuman, Mark o‘zbek milliy taomlarini dunyodagi eng mazali va o‘ziga xos oshxonalardan biri sifatida kashf etgani va anchagacha ularning ta'mini unutmasligini ta'kidlagan.

Shundan so‘ng u Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va oila a'zolari bilan O‘zbekistonning xilma-xil qovunlari hamda tarvuzlari mazasini tatib ko‘radi va ularni dunyodagi eng shirin qovun-tarvuzlar sifatida e'tirof etadi.

Bundan tashqari, Mark Jizzax somsalarini ham tatib ko‘rib, ularning mazasiga yuqori baho berganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Mark Uinsning O‘zbekiston haqidagi video va suratlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida juda katta tassurot qoldirgan. Izohlarda bu videolarni ko‘rib, tezroq O‘zbekistonga sayohat qilish istagi tug‘ilgani, fud-bloger namoyish qilayotgan taomlar ularning ishtahasini ochayotganini haqida yozishgan. Yana birovlar esa O‘zbekistonda bo‘lgani, mahalliy odamlarning mehmondo‘stligi va taomlarning mazasi unutilmasligi va kelgusida bu yerga yana sayohat qilish orzusida ekanliklarini ta'kidlashgan.

"Ming marta gapirgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan afzal", deganlaridek, Markning O‘zbekistonga oid gastronomik sayohati videosini tomosha qiling va bunga o‘zingiz baho bering.

Bundan avval KUN.UZ'da Mark Uinsning Toshkent shahridagi oshxonalarda bo‘lgani va milliy taomlarimizdan olgan taassurotlari haqidagi ma'lumot