Özbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasining direktori vazifasini bajaruvçi tayinlandi.
Endilikda, Adham Şaripoviç Bekmurodov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasining direktori vazifasini bajaruvçiga aylandi.
Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 23 oktabr kuni bu haqdagi tegişli qarorni imzoladi.
Adham Bekmurodov bunga qadar taşqi işlar vaziri örinbosari, Bank-moliya akademiyasi rektori kabi lavozimlarda faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentabr oyi oxirlarida Özbekiston Respublikasi prezidenti «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida vatandoşlar bilan muloqot va xorijda mutaxassislar tayyorlaş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi farmonni imzolagandi.
Belgilanişiça, jamğarma Özbekiston Respublikasi prezidentining «Iste'dod» jamğarmasi huquqiy vorisi böladi.
Jamğarma katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bölgan, xorijdagi taniqli ilmiy-tadqiqot, ta'lim va tibbiy muassasalar, iqtisodiyotning istiqbolli sohalarida işlovçi vatandoşlar bilan aloqalar örnatadi. Şuningdek, katta ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoşlar elektron reyestrini taşkil etadi hamda yuritadi. Bundan taşqari, xorijiy olimlar, öqituvçilar, muhandislar va boşqa mutaxassislarni ta'lim, soğliqni saqlaş, iqtisodiyot va davlat boşqaruvi sohalariga jalb etiş böyiça tadbirlarni işlab çiqadi hamda amalga oşiradi.

















