Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi britaniyalik ayollar qo‘shinlarning barcha turlarida xizmat qilishlari mumkin bo‘ladi
Britaniyalik ayollar mamlakat qurolli kuchlarining barcha turdagi qo‘shinlari, jumladan maxsus kuchlarda va barcha harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha xizmat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda mudofaa vaziri Gevin Uilyamson ma'lum qildi.
“100 yildan ko‘proq vaqtdan beri ayollar qurolli kuchlarda turli hayotiy muhim rollarni bajarib va turli sohalarda mutaxassislar sifatida namunali xizmatni ado etmoqdalar. Bugungi kundan boshlab, tarixda ilk bor, qurolli kuchlarimiz tarkibi jinsiy mansublik mezonlariga ko‘ra emas, balki qobiliyatlar mezonlariga ko‘ra belgilanishidan xursandman”, deb aytilgan Uilyamson bayonotida.
Qurolli kuchlar safiga kirmoqchi bo‘lgan va harbiy xizmatchi bo‘lmagan ayollar xizmatni o‘tash uchun arizalarni 2018 yil dekabrdan berishlari mumkin bo‘ladi. Harbiylardan esa arizalar 25 oktabrdan olina boshlangan.
Britaniyada ayollarning “qaynoq nuqtalar”ning old pozitsiyalarida xizmat qilishiga cheklovlar 2016 yil yozida bekor qilingan. Avval ayollar old pozitsiyalarda “dushman bilan yaqinlashmagan holda” xizmat qilishlari mumkin edi. Shu tariqa, 2016 yilgacha ayollarga piyoda va zirhli tank qo‘shinlari xizmat qilish uchun yopiq bo‘lgan.
2016 yil ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya qo‘shinlarida 7 ming ayol bo‘lib, ulardan 5 foizigina piyoda qo‘shinlarda xizmat qilish mezonlariga jismonan to‘g‘ri kelgan. Piyoda qo‘shinlar uchun oddiy sinovlar orasida 25 kilogrammlik ryukzak bilan birga 13 kilometr masofani 2 soatdan kamroq vaqtda bosib o‘tish kabi sinov bor.
Avvalroq britaniyalik polkovnik Richard Kemp ayollarga “qaynoq nuqtalar”ning old pozitsiyalarida xizmat qilishga ruxsat berishni “askarlar jangovarligini, mamlakat mudofaa qobiliyatini pasaytirishga va insonlar hayotlarini xavf ostiga qo‘yadigan ahmoqlik” deb atagan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026