Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘onda Adliya bo‘limi boshlig‘i notarius yordamchisini urdi, prokuratura hodisani o‘rganmoqda
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Adliya bo‘limi boshlig‘i M.O Kattaqo‘rg‘on shahar 1-son davlat notarial idorasi notarius yordamchisi S.F.ni kaltaklagan. Jabrlanuvchi 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Kattaqo‘rg‘on tumani, Payshanba shaharchasida istiqomat qiluvchi S.F 19 oktabr kuni soat 09:50 larda Kattaqo‘rg‘on shahar, A.Navoiy ko‘chasi 148-uyda joylashgan Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limi binosida shahar bo‘lim boshlig‘i M. O har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘li bilan yuz qismiga ikki marta urib tan jarohati yetkazganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Uning izohlashicha, boshliq shaxsiy adovati sababli, uni ishga kechikib kelishda ayblagan, kelib chiqqan nizo vaqtida xodimning yuziga kuldon otgan va tan jarohati yetkazgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilishicha, mazkur murojaat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, S.F.dan holat bo‘yicha tushuntirish xati olinib, shu kuni unga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
2018 yil 20 oktabr kuni shahar adliya bo‘limi boshlig‘i M.O.ning xatti-harakatlari yuzasidan viloyat adliya boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.
21 oktabr kuni shahar bo‘lim boshlig‘i M.O.dan holat yuzasidan tushuntirish xati olinib, shu kuni unga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, tekshirish hujjatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
11:40 / 04.05.2026
O‘zbekistonda avtomobilni qanday rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026