Özbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uçun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvçi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, yakunda Germaniyaning maşhur JAKO (YaKO) kompaniyasi bilan hamkorlik böyiça kelişuvga erişdi.

Bugun Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda  JAKO kompaniyasi tomonidan özaro  hamkorlik böyiça kelişuv imzolaş marosimi bölib ötdi. 
 
Tadbirda MOQ prezidenti, ÖFA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, JAKO kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol va terma jamoa boş murabbiyi Ektor Kuper iştirok etişdi.
 
Umid Ahmadjonov JAKO kompaniyasi bilan 3 yillik şartnoma imzolanganini e'lon qilar ekan, nima sababdan uşbu kompaniya bilan hamkorlik qilişga qaror qilinganini aytib ötdi:
 
«JAKO jahonga maşhur kompaniyalardan biri hisoblanadi. Endi u turli yoşdagi terma jamoalar uçun ekipirovkalar yetkazib beradi. E'tiborli tomoni, milliy terma jamoamiz uçun bu kompaniya ekipirovkalarni tekinga yetkazib beradi. Ekipirovkalar 96 xil narsadan iborat. Buning içida turli mavsum liboslari, oyoq kiyimlar va boşqa aksessuarlar bor. Tez orada JAKO kompaniyasining dökonlarini ham yurtimizda oçiş rejalaştirilgan. Muxlislar terma jamoamiz liboslarini xarid qiliş imkoniyatiga ega bölişadi. Milliy terma jamoamizga yangi murabbiy olib keldik, yangi kompaniya bilan hamkorlikni boşlayapmiz. Umid qilib qolamizki, mazkur kelişuvimiz samarali bölib, terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatlarga erişişadi», - dedi Umid Ahmadjonov.
 
Öz örnida JAKO kompaniyasi vakili Freddi Jon Pol Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilişdan mamnun ekanini bildirib ötdi. 
 
Terma jamoa boş murabbiyi Ektor Kuper esa jahon bozorida öz örniga ega bölgan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik boşlanayotgani katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, uşbu hamkorlik ÖFA hamda JAKO uçun manfaatli bölişiga umid bildirdi.
 
Ma'lumot uçun, JAKO kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni işlab çiqarişga möljallangan kompaniya bölib, unga Rudi Şpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan.  
 
Ayni vaqtda JAKO kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud. Kompaniyaning boş binosi Germaniyaning janubi-ğarbidagi Xollenbax okrugida joylaşgan. Hozirda Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Şveytsariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.