2018 yilning 9 oyi mobaynida ma'muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan 16 567 ta iş körib çiqildi. Buning natijasida 12 525 ta fuqaroning huquqi tiklandi, 57 ta mansabdor şaxsga intizomiy jazo qöllanildi.

Şuningdek, hisobot davrida ma'muriy sudlar tomonidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksida közda tutilgan huquqbuzarliklar böyiça 344 198 nafar şaxsga nisbatan 276 461 ta iş körib çiqildi. Jumladan, 231 809 nafar şaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etiş, ma'muriy qamoq va Özbekiston Respublikasi hududidan çiqarib yuboriş kabi ma'muriy jazolar qöllanildi.

Tahlillarga köra, ma'muriy sudlar tomonidan körilgan işlarning aksariyatini transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi, transport vositalarini mast holda boşqarişi, transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi, tegişli hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi taşkil etadi. Şuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati, avtomobil transportida yölovçilar taşiş bilan litsenziyasiz şuğullaniş, mayda bezorilik, militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, pasport tizimi qoidalarini buziş va Özbekiston Respublikasida böliş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar ham şular qatorida.

Xususan, ma'muriy sudlar tomonidan transport vositalarini mast holda boşqariş va transport vositalari haydovçilarining va yöl harakati boşqa iştirokçilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaşi bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça 43 605 nafar şaxsga nisbatan 42 978 ta iş körib tamomlangan. Şundan 4 655 nafar şaxsga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi qöllanildi, 33 583 nafar şaxs esa transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan.

Transport vositalari haydovçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi jabrlanuvçiga yengil tan jarohati yoki ança miqdorda moddiy zarar yetkazilişiga olib kelişi bilan boğliq huquqbuzarliklar böyiça 16 276 nafar şaxsga nisbatan 15 803 ta iş körib tamomlangan. Şundan 13 711 nafar şaxsga nisbatan jarima jazosi qöllanildi, 1 057 nafar şaxs esa transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingan.

Mast holda transport vositasini boşqarib yöl-transport hodisasini sodir etgan 908 nafar şaxsga nisbatan 904 ta ma'muriy iş körib çiqildi.

Ma'muriy sudlar tomonidan 160 151 ta iş, ya'ni barça işlarning 57 foizdan ortiği sayyor sud majlislarida körib çiqildi.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 2 155 ta şikoyat va protestlar körib çiqildi, şundan 445 tasi iş materiallari asosida örganildi. Quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 36 ta qaror bekor qilindi va 33 ta sud qarorlari özgartirildi.