AQShning Pensilvaniya shtati Pittsburg shahridagi sinagogada (yahudiylar ibodatxonasi) sodir bo‘lgan otishmada kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi BNS News axborot resursi.

Mahalliy KDKA telekanalining xabar berishicha, huquqni muhofaza qilish xodimlari voqea joyiga yetib kelishganida ular ham o‘qqa tutilgan.

Xabarlarda aytilishicha, sinagoga ichida odamlar qamalib qolgan, o‘q uzgan shaxsning taqdiri hozircha noma'lum.

OAV u avtomatdan o‘q uzganini xabar qilmoqda.