15:49 / 28.10.2018
32316

«Lester» xo‘jayini halokati bo‘yicha yangi ma'lumotlar berildi

«Lester» xo‘jayni Vichay Srivadxanaprabxaning vertolyoti qulab tushishi bo‘yicha yang tafsilotlar paydo bo‘ldi.

Bungacha ingliz nashrlari qulab, yonib ketgan vertolyot bortida tailandlik milliarder ham bo‘lgani haqida xabarlar tarqatgandi.

Sky Sport Italia ma'lumotiga ko‘ra esa, vertolyotda 4 kishi bo‘lgan: Srivadxanaprabxaning o‘zi, uning qizi va ikki uchuvchi.

Reuters ma'lumotiga ko‘ra, bortda 5 kishi bo‘lgan, beshinchi kishining shaxsi ma'lum emas.

Hozircha klub ushbu hodisa vaqtida halok bo‘lganlarning shaxsi bo‘yicha rasmiy ma'lumot bermadi.

Bugun tongda, fojia ro‘y bergan «King Pauer Stedium» yaqiniga muxlislar gullar olib kela boshlashdi.

Ushbu hodisa APLning 10-turida, «Vest Hem»ga qarshi o‘yindan keyin (1:1) sodir bo‘lgan. Milliarder o‘yindan keyin doimiy yashash joyi bo‘lmish Londonga qaytayotgandi. Vertolyot havoga ko‘tarilishidan ko‘p vaqt o‘tmay, stadion yonidagi avtoturargoh hududiga qulagan.

Top