Jahon | 08:45 / 28.10.2018
7404
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Qoshiqchi ishi yuzasidan sud jarayonini boshlashga tayyor

Foto: REUTERS/Tumay Berkin

Turkiya saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha sud jarayonini boshlashga tayyor.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib  o‘tgan Rossiya, Germaniya, Turkiya va Fransiya rahbarlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Jinoyat Istanbulda sodir bo‘lgan, shuning uchun agar Saudiya Arabistoni ushbu sud jarayonini davom ettirmaydigan bo‘lsa, buni Turkiya sud tizimi boshlaydi", - dedi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya hokimiyatini tanqid ostiga olib kelgan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketganidan keyin izsiz g‘oyib bo‘lgandi.

17 oktabr kuni ommaviy axborot vositalari jurnalist konsullik binosida qiynoqqa tutilgani va boshi tanasidan judo qilinganini xabar qildi.  

20 oktabr kuni Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning o‘limini tasdiqladi. Bu ish ortidan saudiyalik 18 kishi hibsga olindi.

Mavzuga oid