«Yuventus»ning sobiq boş direktori Juzeppe Marotta xuddi şu lavozimda işlaş uçun «Inter»ga kelişga rozi böldi, ammo u dastlab turinliklar bilan şartnomasini töla bekor qilib olişi zarur. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Naşrga köra, Marotta «Yuve» bilan örtadagi aloqalarni rasman uzişi bilanoq «Inter» taklif etgan hujjatlarga imzo qöyadi.

«Neradzurri»ning hozirgi boş ijroçi direktori Alekssandro Antonello klubdagi faoliyatini Marotta bilan birga davom ettirişi aytilmoqda.

Qöşimça qilinişiça, Erik Tohir örniga «Inter»ning yangi prezidenti sifatida iş boşlagan 26 yoşli Stiven Çjan klubning 110 yillik tarixida davomidagi eng yoş prezidentga aylangan. U ötgan hafta bölib ötgan matbuot anjumanida 62 yoşli funktsionerni «buyuk inson» sifatida ta'riflagan edi.

Eslatib ötamiz, Marotta «Yuve» rahbariyati qarori bilan sentabr oxirida lavozimidan ketgan edi. Uning Turindagi 8 yillik boşqaruvi davrida jamoa 7 karra Italiya çempioni böldi, ikki marta YeÇL finaliga qadar yetib bordi.