Jahon | 12:53 / 30.10.2018
8647
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi qaysi davlatda odamlar eng uzoq umr ko‘rishi aniqlandi

Foto: EPA

Yevropa ittifoqi (YeI)ning Eurostat statistika xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Shveytsariya eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Yevropa mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Xizmat ma'lumotlari Shveytsariyaning SRG SSR milliy teleradiokompaniyasi SWI axborot xizmati tomonidan keltirilgan.

Eurostat ma'lumotlariga ko‘ra, Shveytsariyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 83,7 yilni tashkil qiladi. Ispaniya 83,5 yosh bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, kuchli uchlikka esa Italiya 83,4 yoshlik o‘rtacha hayot davomiyligi bilan yakun yasab berdi.

Shu bilan birga, xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropada eng qisqa umr ko‘rish Bolgariya, Latviya va Litvada qayd etilgan - bu yerda odamlar o‘rtacha 74,9 yil yashaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid