Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lopetegi «Real»ga omad tiladi, u Peres davrida eng kam muddat ishlagan murabbiylardan biri bo‘ldi
Kecha, 29 oktabr kuni «Real» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan Xulen Lopetegi voqelik yuzasidan qisqacha bayonot bilan chiqdi.
«Menga berilgan imkoniyat uchun klubga rahmat aytaman. Shu bilan birga, o‘z intilishlari va mehnatlari uchun o‘yinchilarga, qolaversa, shu vaqt davomida menga yaxshi munosabatda bo‘lib kelgani uchun klubning har bir xodimiga minnatdorlik bildiraman.
Albatta, meni qo‘llab-quvvatlab turgani uchun muxlislarimizga ham tashakkur aytaman. Mavsumning qolgan qismida jamoaga omad tilayman», - deb aytgan Lopetegi.
52 yoshli mutaxassis dushanba kuni klubdagi 137 kun davom etgan faoliyatiga yakun yasadi. U klub prezidenti Florentino Peres davrida eng kam muddat ishlagan ikkinchi murabbiy bo‘ldi. Bunga qadar 2004 yilda jamoaga ustozlik qilgan Xose Antonio Kamacho tayinlovdan 117 kun o‘tib o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Xulen Lopetegi shu yilning 12 iyunida «Real» bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan edi. U bu vaqtda Ispaniya terma jamoasini boshqarib turgan, ammo klub bilan bitim imzolangani ma'lum bo‘lgach, lavozimidan ozod etilgandi.
Lopetegi «qirollik klubi» ustozi sifatida ilk o‘yinini UYeFA Superkubogida «Atletiko»ga qarshi o‘tkazgan va qo‘shimcha bo‘limlarda o‘tkazib yuborilgan gollar sabab 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. O‘tgan vaqt davomida ispaniyalik mutaxassis klubni 14 o‘yinda maydonga boshlab chiqib, 6 tadan g‘alaba va mag‘lubiyat, 2 ta durang natija qayd etdi.
La Liganing 10-turidan so‘ng «Real» yetakchi «Barsa»dan 7 ochkoga ortda qolgan holda 9-o‘rinda bormoqda.
Endilikda «Real»ni Santyago Solari vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqarib turadi. Ammo u, federal tartibga muvofiq, ushbu maqomda uzog‘i bilan 15 kun muddat faoliyat yuritishi mumkin. Matbuotda «qaymoqranglilar» rahbariyati italiyalik murabbiy Antonio Konte bilan tezkor kelishuvga erishishning imkonini topa olmagani, tayinlov kelasi haftaga qoldirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, «qirollik klubi» ertaga Ispaniya kubogi doirasida «Melila» jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushadi. Shundan so‘ng jamoa 3 noyabrda (shanba) «Valyadolid»ni qabul qilsa, 7 noyabr kuni YeChL doirasida Plzenning «Viktoriya» klubi mehmoni bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026