Markaziy bank 2018 yilning III çoragida iqtisodiyot real sektoridagi holat va kutilmalarni örganiş natijalarini e'lon qildi.

Korxona va taşkilotlarda mahsulotlar (iş, xizmatlar) narxlarining özgarişi örganilganda, öz mahsulotlari narxlarini oşirgan korxona va taşkilotlar uluşining II çorakdagi 38 foizdan 54 foizgaça köpayganligi aniqlandi.

Uşbu korxona va taşkilotlarning 80 foizida narxlar 12 foizgaça bölgan miqdorda oşirilgan bölib, şundan 25 foizida narxlarning oşişi 1-4 foiz oraliğida, 29 foizida 5-8 foiz oraliğida hamda 26 foizida 9-12 foiz oraliğida şakllangan.

Tarmoqlar kesimida qaralganda, korxona va taşkilotlarning donni qayta işlaş sanoatida 78 foizida, oziq-ovqat sanoatida 71 foizida, quriliş materiallari sanoatida 59 foizida, yengil sanoatda 48 foizida, kimyo sanoatida 42 foizida hamda quriliş işlari sohasida 69 foizida, savdo va umumiy ovqatlaniş sohasida 60 foizida, transport sohasida 48 foizida, tibbiy xizmat sohasida 31 foizida mahsulotlar (iş, xizmatlar) narxlari avvalgi çorakka nisbatan oşgan.

Bunda, respondentlarning 58 foizi narxlar ösişining asosiy sababi sifatida mahsulotlar (iş, xizmatlar) tannarxining oşganligini qayd etgan.

Xususan, sörovda qatnaşgan korxona va taşkilotlarning 78 foizi tannarx oşişini xom-aşyo narxlarining ösişi, 44 foizi elektr energiyasi, tabiiy gaz va boşqa yoqilği mahsulotlari narxlarining oşişi hamda 38 foizi iş haqi xarajatlarining oşişi bilan izohlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda işlab çiqariş hajmining oşişiga tösqinlik qilayotgan omillar aytilgandi.