Jahon | 10:42 / 30.10.2018
9856
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Indoneziya hukumati ikki yil oldin Lion Air aviakompaniyasiga talab qo‘ygan

Foto: AP

Ikki yil muqaddam Indoneziya hukumati mamlakatdagi eng yirik hamyonbop aviakompaniya, Boeing 737 MAX 8 samolyoti dengizga qulagan Lion Air'dan uchuvchilar tayyorgarligini yaxshilash bo‘yicha ishlar o‘tkazishni talab qilgan. Xususan, ushbu talab samolyotlarning qo‘nishi bilan bog‘liq bo‘lgan, deya yozadi The Strait Times.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, aviakompaniya samolyotlari bilan aloqador birinchi voqea 2002 yil yanvarida, Lion Air tashkil etilganidan uch yil o‘tgach sodir bo‘lgan - o‘shanda Boeing 737-200 Riau provinsiyasida qattiq qo‘nishni amalga oshirgan. 2013 yilning avgustida Boeing 737-200 layneri qo‘nish vaqtida sigir bilan to‘qnashdi va uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi, o‘sha yili ularning samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga kira olmagan hamda dengizga qulagan.

Shuningdek, The Strait Times’ning yozishicha, havo kemalari bilan bog‘liq hodisalar 2004 yilda (o‘shanda ularning samolyoti Markaziy Yavada halokatga uchragan) va 2016 yil fevral oyida (uchuvchilar Surubaya aeroportida samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndira olmagan) ham ro‘y bergan.

Oxirgi hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlangach, Indoneziya Transport vazirligi maxsus komissiyasi aviatashuvchi rahbariyatiga aviakompaniyada ishlaydigan uchuvchilar tayyorlash tizimini yaxshilash bo‘yicha talab qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyadagi Boeing halokatida hech kim omon qolmagani xabar berilgandi.

Mavzuga oid