Ta'kidlanishicha, yetakchilar Germaniya-Ukraina hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi. Bundan tashqari, Donbass va Azov dengizidagi vaziyatlar bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tariladi.
«Gap Ukraina va Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash masalasi haqida ketadi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ukraina tomonining Yevropa va Yevroatlantik integratsiyasi masalalari ham ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya NATO kemalarini Azov dengiziga kiritmasligi xabar berilgandi.
Qrim rahbari Sergey Aksyonovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Azov dengizidagi vaziyatni yanada keskinlashtirish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga erishish bo‘yicha urinishlari Kiyevning o‘ziga zarba beradi.











