Rossiya armiyasi 13 iyul kuni Odessa oblastining Çernomorsk şahridagi port infratuzilmasini öqqa tutdi, deb xabar berdi region rahbari Oleg Kiper.

Hujum oqibatida portda turgan, Togo bayroği ostida suzuvçi savdo kemasida yonğin çiqqan. Kiperning ma’lumotiga köra, kemaga mineral öğit yuklangandi. Ekipajning beş a’zosi halok bölgan, yana ön kişi jarohatlangan. Halok bölganlar qaysi davlat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Bu sönggi bir oy içida Rossiya zarbasi oqibatida savdo kemalari ekipaji a’zolari halok bölişi bilan boğliq uçinçi holat. 22 iyunga ötar keçasi dronlar hujumi tufayli turklarning Panama bayroği ostida Ukraina tomon suzayotgan yuk kemasida yonğin çiqqandi. Natijada kema oşpazi halok bölgan, sakkiz dengizçi evakuatsiya qilingandi.

Undan uç kun oldin esa Rossiya dronlari Panama hamda Sent-Kits va Nevis bayroqlari ostida harakatlangan kemalarga urilgandi. Birinçi kemada bir kişi halok bölib, yana ikki kişi yaralangan, ikkinçisida uç kişi jarohat olgandi.

Öz navbatida, ukrainalik harbiylar sönggi vaqtlarda Azov dengizi akvatoriyasida Rossiyaning ğalla ortilgan tankerlari va kemalariga zarba berişni sezilarli darajada kuçaytirdi.

Ukraina qurolli kuçlari Pilotsiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi («Madyar») 12 iyul kungi bayonotida ötgan hafta davomida dronlar Rossiyaning 90 dan ortiq savdo kemalariga zarba berganini ma’lum qildi – uning ta’kidlaşiça, bu kemalarning barçasi RF yaşirin floti tarkibiga kirgan.

Bu davomli zarbalar oqibatida kamida bir kişi halok bölgani ma’lum – 10 iyul kuni Taganrog körfazida dronlarning «turli maqsadlardagi» törtta kemaga hujumi oqibatida matros halok böldi, deb xabar bergan Rostov oblasti rahbari Yuriy Slyusar.

Yoz boşidan buyon Ukraina qurolli kuçlari zarbalari oqibatida eng köp qurbonlar soni 5 iyun kuni qayd etilgan: öşanda ukrain dronlari Turkiyadan Rostov-Donga kelayotgan ikki kemaga hujum qilgandi. Beş dengizçi halok bölgan, ularning barçasi Ozarboyjon fuqarolari edi.

Fuqarolik kemalariga hujum qiliş jinoyat sifatida baholanişi mumkin. «Savdo kemalari fuqarolik obektlari hisoblanadi va agar ular harbiy nişon sifatida belgilangan mezonlarga mos kelmasa, hujumdan himoyalangan böladi»,  – degandi BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi aprel oyida, Rossiya yuk kemasi ekipajining uç nafar Ukraina qurolli kuçlari hujumi oqibatida halok bölganidan söng.

Öşanda BMT dengizçilar tinç aholi vakillari ekani va «qasddan qilingan hujumlar nişoni böla olmasligi»ni ma’lum qilib, uruşayotgan tomonlar ularga zarar yetkazmaslik uçun «barça zarur ehtiyot çoralari»ni körişi kerakligini eslatgandi.