Ukraina armiyasining Pilotsiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi («Madyar» çaqiruv belgisiga ega) ma’lum qilişiça, ötgan tört kun mobaynida Azov dengizi akvatoriyasida kamida 25 ta kemaga hujum qilingan va yoqib yuborilgan, şundan köpçiligi – Rossiyaning yoqilği taşuvçi tankerlaridir.

Bu ma’lumot hozirça rasman tasdiqlanmadi, ammo dastlabki ma’lumotlar uning işonçliligini körsatmoqda, röy bergan hodisa kölami esa hayratlanarli darajada.

Rossiya va sovet qöşinlari floti Ikkinçi jahon uruşi boşidan buyon qisqa muddat içida bu qadar katta yöqotişga uçramagandi.

Tankerlar, yuk kemalari, paromlar

Seşanba kuni tongida «Madyar» ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida FPV-dronlar orqali kemalarga havodan hujum qilinişi aks etgan videoyozuvni e’lon qildi, katta ehtimol bilan, bu kemalar Qrim yarimoroliga yoqilği olib ketayotgan kemalar bölgan.

Uşbu hujumlar kunning qoronği vaqtida amalga oşirilgan. Kadrlarga qaraganda, 7 iyulga ötar keçasi önta kema dronlar hujumiga uçragan, har bir kemaga takroriy zarbalar berilgan. Kamida bir neçta tankerda zarbadan keyin yonğin kelib çiqqan.

«Madyar»ning bayonoti ortidan Ukrainadagi Exilenova+ portali yaqin masofadan olingan va hujum oqibatlari körsatilgan kadrlarni namoyiş etdi – unda kemalar yonib ketganini köriş mumkin.

«Madyar» hujumga uçragan kemalardan sakkiztasi Rossiyaning siğimi 7 ming tonna atrofidagi tankerlari ekanini ma’lum qilgan – bular «Venera-3», «Sanar-1», «Sanar-17», «Klimena», «Teti», «Aleksey Savrasov», «Penelopa». Sakkizinçi kemaning nomi aniqlaştirilmagan.

Zarba berilgan yana ikki nişon – yuk kemasi hamda Kerç portida turgan SKS One paromidir. Yuk kemasi nomi keltirilmagan.

marinetraffic.com sayti ma’lumotiga köra, SKS One yölovçi paromi Kamerun bayroği ostida harakatlangan. Ilgari u Palau respublikasiga tegişli bölgan, ammo 2020 yilda Qrim hududidagi yopiq portlarga kirgani uçun Palau hukumati uni öz bayroğidan mahrum qilgandi.