O‘zbekiston | 12:31 / 30.10.2018
5048
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ombudsman paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi ombudsman lavozimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov xabar berdi.

Akmal Saidov

Uning eslatishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 maydagi farmoni bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

«Dasturda ushbu tizimni takomillashtirish va inson huquqlari hamda erkinliklari masalalari bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, kun tartibiga bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ombudsman institutini tashkil etish masalasi kiritildi», - deb yozadi Saidov O‘zA’da e'lon qilingan maqolada.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyasiga fakultativ protokol, Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat va jazolarga qarshi Konventsiyaga fakultativ protokol hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish dasturiy prinsiplariga qo‘shilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda va istiqbollar tahlil qilinmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid