Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Tayanch örta va örta ma'lumot töğrisidagi şahodatnomalarning davlat namunasini tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan tayanch örta ma'lumot töğrisidagi şahodatnomaning namunasi; Örta ma'lumot töğrisidagi şahodatnomaning namunasi; Psixik rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab (maktab internati)ni tamomlaganlik töğrisidagi maxsus guvohnoma namunasi; Ma'lumot töğrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni umumiy örta ta'lim maktablari bitiruvçilariga beriş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» davlat işlab çiqariş birlaşmasi Xalq ta'limi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi şahodatnomalar va guvohnoma blankalarini Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda çop etadi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta'limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida umumiy örta ta'lim maktablari bitiruvçilariga beriladigan şahodatnomalar va guvohnoma blankalarini çop ettiriş uçun sarflanadigan mablağlarni belgilangan tartibda ajratadi.
Xalq ta'limi vazirligi 2018-2019 öquv yilidan boşlab 9-sinf bitiruvçilari uçun Tayanch örta ma'lumot töğrisida, 11-sinf bitiruvçilari uçun Örta ma'lumot töğrisida davlat namunasidagi şahodatnomalar, Psixik rivojlanişida nuqsoni bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab (maktab internati)ni tamomlaganlik töğrisidagi maxsus guvohnoma berilişini ta'minlaydi.
Tayanch örta ma'lumot töğrisida davlat namunasidagi shahodatnoma tavsifiga köra, umumiy örta ta'lim maktablarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi shahodatnoma 100x145 mm ölçovda, vertikal joylaşgan, muqovasi töq havorang (a'lo darajali shahodatnoma — töq qizil) rangda böladi. Muqovaning yuqori qismiga özbek tilida «ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI», quyi qismiga «TAYANCH ÖRTA MA’LUMOT TÖĞRISIDA SHAHODATNOMA», a'lo darajali şahodatnomaga «TAYANCH ÖRTA MA’LUMOT TÖĞRISIDA A‘LO DARAJALI SHAHODATNOMA» sözlari yoziladi va markaziga Özbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri oltin zar qoğozda, issiq bosma usuli bilan tuşiriladi.
Muqova yuqori sifatli, taşqi ta'sirlarga çidamli, qalinligi 300 mkm. materialdan tayyorlanadi.
Şahodatnomaning içki qismi qalin qoğozga ofset bosma usulida ikki rangda: matn qismi qora va tasviriy elementlar havo (a'lo darajali shahodatnoma oltin) rangda bosiladi.
















