Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi
Foto: Xronika Turkmenistana
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Amul-Xazar» rallisiga tayyorgarlik ko‘rgan poyga avtomobili unga Germaniyada 520 ming yevroga sotib olingan. Bundan Turkmaniston davlat xaridlari portali ma'lumotlari darak bermoqda, deb xabar qildi Tengrinews.kz.
Prezident uchun avtomobil 7 iyun kuni sotib olingan, 19 iyun kuni esa Turkmaniston prezidenti va uning o‘g‘li Sardor o‘z chizmalari bo‘yicha poyga avtomobilini «shaxsan o‘z qo‘llari» bilan loyihalashtirishdi hamda yig‘ishdi.
Berdimuhamedov tomonidan yig‘ilgan avtomobil 20 iyun kuni omma oldida namoyish etildi. Iyul oyi boshida Turkmaniston prezidenti Germaniyadan olib kelingan mashinada sinovlar o‘tkazdi hamda o‘z ixtirosi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarga ega bo‘ldi.
Rallining boshlang‘ich bosqichida Berdimuhamedov Mini-Cooper sport avtomobilida ishtirok etdi, biroq bu Germaniyadan keltirilgan mashina bo‘lganmi yoki boshqa avtomobil edimi - noma'lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston prezidentiga noodatiy sovg‘a berishgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
08:53 / 23.03.2026