Parijda Artcurial auksion uyida Eyfel minorasidan 1983 yilda demontaj qilingan zinapoyaning bir qismi sotuvga qöyiladi. Ma'lum qilinişiça, minoraning bu qismi 4 metrdan köproq balandlikka ega va 25 ta zinadan iborat. 

Uşbu eksponat minoraning 2- va 3-sathlarini boğlagan, 1889 yildagi original zinapoyaning bir seksiyasi hisoblanadi. Auktsion 27 noyabrda ötkaziladi. Zinapoyaning boşlanğiç narxi 60 ming yevro qilib belgilangan va u auksiongaça körgazmada turadi. 

Zinapoya Eyfel minorasining oxirgi ikkita sathlari orasida lift örnatilgandan keyin yeçib olingan. Zinapoyaning pölat qismi 2 metrdan 9 metrgaça balandlikdagi 24 ta seksiyaga kesilgan.

Hozirda zinapoyaning bu qismlari nufuzli taşkilotlar va xususiy kolleksiyalarda saqlanadi.