Jahon | 16:23 / 01.11.2018
15270
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Poroshenko nima uchun Ukrainaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmaganini izohladi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko nega ushbu davlatga qarshi joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani haqidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Peskov so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish juda ham chegaradan chiquvchi qadamdir.

«An'anaga ko‘ra, prezident sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmaydi», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarga javob choralari to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.

Ukraina sanksiyalariga javoban Rossiya tomonidan joriy etilgan choralar qo‘llaniladigan shaxslar ro‘yxatida «Batkivshchina» partiyasi va Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko, amaldagi prezidentning o‘g‘li Aleksey Poroshenko, Oliy rada spikeri va vitse-spikeri Andrey Parubiy hamda Irina Gerashchenko, shuningdek, Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid