Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vs Ukraina. Medvedev javob choralari to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi
RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarga javob choralari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda ushbu davlat hukumati saytida xabar qilingan.
«Sanktsiyalar 322 nafar shaxs va 68 yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Qaror Ukraina tomonidan Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga qarshi nodo‘stona harakatlar amalga oshirilayotganiga qarshi kurashishga hamda ikki tomonlama aloqalarni normallashtirishga qaratilgan», - deyiladi hujjat matnida.
Ta'kidlanishicha, hujjatga muvofiq Rossiya hududida naqd bo‘lmagan mablag‘lar, hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar va mulkni bloklashni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy choralar joriy etiladi, shuningdek, Rossiya tashqarisiga mablag‘larni o‘tkazish taqiqlanadi.
Ukraina sanksiyalariga javoban Rossiya tomonidan joriy etilgan choralar qo‘llaniladigan shaxslar ro‘yxatida «Batkivshchina» partiyasi va Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko, amaldagi prezidentning o‘g‘li Aleksey Poroshenko, Oliy rada spikeri va vitse-spikeri Andrey Parubiy hamda Irina Gerashchenko, shuningdek, Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko bor.
Bundan tashqari, ro‘yxatda Ukraina IIV rahbari Arsen Avakov, UXX rahbari Vasiliy Gritsak, Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy, mamlakat sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk, Ukraina mudofaa vazirining o‘rinbosari Anatoliy Petrenko, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujyenko va «Donbass» bataloni sobiq qo‘mondoni Semyon Semyonchenko nomi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko gaz va Rossiya bo‘yicha bayonot bergandi.