AQŞ prezidenti Donald Tramp memorandum imzoladi, u Erondan neft yetkazib berişni rad etişga imkon yaratadi. Tegişli hujjat Oq uy veb-saytida e'lon qilingan.

Prezident tomonidan imzolangan memorandum Davlat departamenti, Moliya vazirligi va Energetika vazirligiga yuboriladi. Unda aytilişiça, u jahon neft bozorini «çuqur tahlil» qiliş asosida tuzilgan.

Trampning ta'kidlaşiça, Qöşma Ştatlardagi neftga bölgan ehtiyojni qondiriş uçun dunyoda «yetarliça» neft va neft mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Bu ularni Erondan sotib olişni «sezilarli darajada kamaytiriş» kerakligini anglatadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron prezidenti AQŞdan qörqmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, mamlakat Qöşma Ştatlar tomonining yangi sanksiyalaridan qörqmaydi. Ta'kidlanişiça, Eron neft sektoriga yönaltirilgan Amerika tomonining yangi sanksiyalari şu yil 4 noyabrida joriy qilinişi kerak. Ruhoniyning sözlariga köra, ular Vaşingtonning Tehronga nisbatan adolatsiz munosabati böyiça yana bir misolga aylanadi.