Bugun, 31 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan yiğilişda Özbekiston boş prokurori Otabek Murodovga yangi vazifa topşirilgan.
«Kun.uz» manbasi xabar qilişiça, Prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident topşiriğiga köra, boş prokurorga Özbekiston hukumatida yangi vazifa topşirilganini ma'lum qilgan.
Endilikda Boş prokuraturaga Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining samarali faoliyat olib borişida kömaklaşiş va bu sohada qonunning qat'iy ijrosini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.
Eslatib ötamiz, 29 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari Zoyir Mirzayev şov-şuvli ravişda işdan böşatilgandi.

Foto: KUN.UZ
Ma'lumot uçun, Otabek Murodov 1975 yili Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Boş prokuraturaning jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi alohida muhim işlar böyiça tergovçisi, Adliya vazirining örinbosari bölib işlagan.
U 2002 yili Prezident farmoniga köra «Jasorat» medali bilan taqdirlangan. 2017 yil martida Özbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar böyiça Davlat maslahatçisi etib tayinlangan. U 3-darajali davlat adliya maslahatçisi hisoblanadi.












