O‘zbekiston | 11:05 / 03.11.2018
4340
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov ShHT bosh kotibi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, R. Alimov «Terrorizm bilan kurash – chegarasiz hamkorlik» mavzusidagi ShHT MATT 6-xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Suhbat chog‘ida ShHT kun tartibidagi muhim masalalar, O‘zbekistonning tashkilot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal qilishdagi amaliy ishtiroki muhokama qilindi.

Vazir uch yillik muddatdan so‘ng 31 dekabr kuni ShHT bosh kotibi lavozimini tark etayotgan Rashid Alimovga birgalikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildirar ekan, tashkilot Kotibiyati rahbarligidagi samarali faoliyatini qayd etdi.

O‘z navbatida Rashid Alimov Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston rahbariyatiga bosh kotib lavozimida ishlayotgan davrdagi qo‘llov uchun tashakkur izhor etdi va ShHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan O‘zbekistonning muhim tashabbuslari ahamiyati va dolzarbligini alohida ta'kidladi.

Mavzuga oid