Joylarda xodimlarning oylik iş haqlaridan mablağlar uşlab qoliş böyiça haqiqiy holatga baho beriş maqsadida adliya organlari tomonidan uşbu amaliyot örganildi. Tanlov asosida ötkazilgan uşbu jarayon respublika böyiça 729 ta ijtimoiy soha taşkilotlarini (maktabgaça ta'lim muassasalari, maktablar, tibbiy muassasalar) qamrab oldi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Natija iş beruvçilar tomonidan öz xodimlarining pul mablağlaridan kommunal xizmatlar uçun noqonuniy undirib qoliş şaklida qöpol qonunbuzarliklar mavjudligidan dalolat berib, bu amaliyot qonun hujjatlari talablaridan mutlaqo yiroq ekanligini körsatdi.

Örganiş natijasida 345 mingdan ortiq holatda xodimlarning huquqlari buzilganligi aniqlandi. Ularning deyarli yarmi Farğona vodiysidagi viloyatlar hissasiga (Andijonda – 72 250 ta, Namanganda – 50 198 ta, Farğonada – 49 897 ta) töğri keladi.

Xususan, 237 434 ta (69 foiz) holatda xodimlarning iş haqidan ularning roziligisiz kommunal xizmatlar uçun uşlab qolingan, 37 696 ta (11 %) holatda xodim kasalligi, ta'tildaligi, xizmat safaridaligi sababli işda bölmasada pul mablaği uşlab qolingan, şuningdek, iş haqining 60-70 foizigaça bölgan qismi uşlab qolinganligi holatlari uçradi.

Ma'lumot uçun. Qonunçilikka köra, agar xodim kasalligi, ta'tildagi va boşqa sabablar bilan işda bölmasa, kommunal xizmat uçun iş haqidan uşlanma keyingi oyda amalga oşiriladi.

Şuningdek, xodimning iş haqidan kommunal xizmat uçun uşlab qolişda uşlanmalarning umumiy miqdori xodimga beriladigan mehnat haqining 50 foizidan oşişi mumkin emas.

Masalan, Farğona viloyatining Furqat tumanida 1 821 nafar öqituvçilarning iş haqlaridan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun ularning yozma arizasi bölmasada 300 mln. sömdan ortiq uşlab qolingan.

Eng açinarlisi esa 2 000 ta xodimning 50 mln. sömga yaqin mablaği noqonuniy ravişda Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining tuman bölimiga ötkazib berilgan.

Andijon viloyatida 609 ta pedagog xodimlar malaka oşiriş uçun xizmat safariga yuborilgan bölsada, uşbu davrda ularning 44 mln. sömdan ortiq mablağini iş beruvçilar belgilangan qoidalarga zid ravişda uşlab qolgan.

Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo va Xorazm viloyatlarida 100 dan ortiq holatda kommunal tölov uçun uşlab qolingan tölov miqdori xodim iş haqining 70 foizgaçasini taşkil etganligi qonun hujjati talabi buzilganligini körsatadi.