Jahon | 14:24 / 03.11.2018
11983
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronni iqtisodiy halokat kutayotganligini aytdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni iqtisodiy halokat kutayotganligini aytdi. Buning oldini olishning yagona yo‘li yadroviy dastur bo‘yicha Vashington bilan yangi kelishuv tuzishdir.

«Maqsadimiz – rejimni aniq tanlovni amalga oshirishga majbur qilish: yoki o‘zining yovuz harakatini bas qiladi yoki iqtisodiy halokatga uchrash yo‘lida davom etadi», —dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eron bilan yangi kelishuv uchun har doim ochiq. Trampning aytishicha, yangi kelishuv «uning yadroviy qurolga erishish yo‘lini to‘sadi, uning barcha yovuz harakatlariga tegishli bo‘ladi va eronliklar uchun munosib hujjat bo‘ladi».

Tramp Eronga qarshi yangi sanksiyalar amalga kiritilishiga uch kun qolganida ushbu bayonotni berdi. U bu cheklovlar «jafokash eron xalqiga emas, balki rejim va uning tahdidli harakatlariga» qarshi joriy etilayotganini yana bir bor ta'kidladi.

Mavzuga oid