AQŞning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalari bugundan kuçga kirdi. Avvalroq AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo sanksiyalar röyxatiga 600dan ortiq şaxs va kompaniyalar kiritilganini ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, çeklovlar "Eron rejimining özini tutişiga ta'sir körsatişi lozim".

Pompeo şuningdek, sanksiyalar Eron iqtisodiyotiga katta ta'sir körsatganini, Yevropa kompaniyalari bu davlatni tark etayotganini ta'kidladi.

Ötgan haftada Eron oliy ruhoniysi oyatulla Ali Homanai AQŞ sanksiyalar orqali mamlakat iqtisodiyotini falajlaşni xohlayotganini, ammo bu sanksiyalar Tehronning mustaqilligini kuçaytirganini bildirdi.

"Eron xalqi köplab yillar davomida barça narsani import qilib kelgandi, endilikda esa barça narsani özida işlab çiqarişni özlaştirdi", — deb yozdi u özining Twitter sahifasida.

Öz navbatida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQŞ sanksiyalariga qaramasdan Eron öz neftini sotişda davom etişini ma'lum qildi.

Foto: Raheb Homavandi/Reuters

Bugundan kuçga kirgan sanksiyalardan neft eksporti ham örin olgan. Vaşington Eronning neft eksportini butkul töxtatmoqçi va xaridorlarni undan neft sotib olmaslikka çaqirmoqda.

2018 yil may oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikaning Tehron bilan kelişuvdan çiqişini ma'lum qilgandi. U öşandayoq Eronga nisbatan barça çeklovlar tiklanişini hamda u bilan hamkorlik qiladigan davlatlarga ham sanksiyalar qöllanilişini bildirgandi.