Özbekistondagi mehmonxonalar, transport taşkilotlari va umumiy ovqatlaniş joylari mamlakat böylab sayohat qilişni istovçilar uçun çegirmalar taqdim etadi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Butun respublika böylab 123 mehmonxona, 54 transport taşkiloti, 90 umumiy ovqatlaniş joylari (restoranlar) çegirmalar taqdim etadi. Bu davlat hamda xususiy sektor örtasidagi hamkorlikning mustahkamlanayotgani, şuningdek past turistik mavsum davridan oqilona foydalanişga harakat qilinayotganiga işora qiladi.
Hozirda mamlakatimizning barça hududlarida, markaziy köçalar va aholi ziç joylaşgan joylarda “Özbekiston böylab sayohat qil!” dasturiga oid reklama bannerlarini örnatiş böyiça işlar boşlangan. Bugunga kelib örnatilgan bannerlar soni 250 tadan oşgan bölib, 320 tagaça yetkazilişi közda tutilgan.
Joylarga sayyohlarni jalb qiluvçi obektlarni joylaştiriş yöli orqali mintaqalarning turistik salohiyatini yoritişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan bunday tadbirlarning ötkazilişi mahalliy aholining mazmunli hordiq olişi va past turistik mavsumda turizm obektlari bandligini ta'minlaşga qaratilgan.
Çegirmalarga oid batafsil ma'lumotni Qömitaning rasmiy veb-sayti www.uzbektourism.uz yoki 71 233 67 19 telefon raqamiga qönğiroq qilib olişingiz mumkin.

















