Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Yevropa kompaniyalari hamkorlik uchun AQSh yoki Eronni tanlashiga to‘g‘ri kelishini aytdi
AQShning umumiy harakatlar rejasidan chiqishi bois Yevropa biznesi hamkorlik uchun Amerika yoki Eron kompaniyalaridan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo CBS telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Yevropa kompaniyalariga har ikki tomon bilan ish olib borishiga ruxsat berilmaydi. Yevropadagi kompaniyalar Erondan chiqib ketmoqda. Mamlakatni yuzlab biznes vakillari tark etdi. Bu sanksiyalar haqiqiy ekanligini, ular muhim ekanligini, sanksiyalar Eron xalqiga mamlakatdagi hayotni o‘zgartirishga imkon berishini butun dunyo tushunib turibdi", dedi u.
Pompeo qator Eron kompaniyalari bilan hamkorlik qilganlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026