Emomali Rahmonning qudasining o‘g‘li militsionerni urgani uchun qamaldi
Tojikistonda Shoxmansur tumani sudi mamlakatning sobiq energetika vaziri, prezident Emomali Rahmonning qudasi Sherali Gulovning farzandlaridan biri bo‘lmish Dilovar Gulovni bir yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Dilovar Gulov shu yilning 8 iyul kuni Dushanbedagi «Galaksi» restoranidagi janjaldan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan militsionerlarga qarshilik ko‘rsatgani uchun qo‘lga olingandi.
Gulov Tojikiston militsiyasi xodimlaridan biri, 33 yoshli Dilshod Narzullozodani do‘pposlashda aybdor deb topilgan.
Dilovarga Tojikiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 237 moddasi («quroldan foydalanib bezorilik qilish») moddasi bo‘yicha ayb qo‘yilgan.
«Ha, urdim, lekin bunga o‘sha militsionerning o‘zi aybdor», degan Dilovar Gulov 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud ishida.
Ikki yosh farzandi borligi, chin dildan pushaymonligi va jabrlanuvchidan uzr so‘ragani uchun jazo yengillashtirib berilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024