Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV yana Modrichning Italiyaga transferi haqida yozmoqda. Bu safar «Inter»gamas
«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich «Yuventus» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Ispaniyadagi nashrlar xabar tarqatmoqda.
Don Balon ma'lumotiga ko‘ra, «Yuventus» ushbu 33 yoshli xorvatiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turinliklar jamoasi uni yarimhimoya chizg‘ini kuchaytira oladi deb hisoblamoqda.
Turinliklar Modrich Krishtianu Ronaldu bilan ajoyib juftlik hosil qilishiga ishonishmoqda. Har ikkalasi ham avval «Real» sharafini birgalikda muvaffaqiyatli himoya qilishgan edi.
Bundan avvalroq «Real»ning yana bir futbolchisi, braziliyalik himoyachi Marselo «Yuventus»ga kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ayni paytda, Modrich MLS va APL klublaridan ham taklif olgan. Yozda uni «Inter»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Modrich «Real»da qolishni ma'qul ko‘rdi.
Modrich joriy mavsumda «Real» uchun barcha turnirlar doirasida 15 uchrashuvda maydonga tushdi va ikki golga uzatma berdi.
Mavzuga oid
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025