Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil qilinadi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonda biznes sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda nizolarni hakamlik sudlarida hal qilish mexanizmining joriy etilgani alohida ahamiyatga ega, deyiladi qaror matnida.
Qarorga ko‘ra, investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishning zamonaviy va xalqaro standartlarga asoslangan mexanizmlarini shakllantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini mustahkamlash maqsadida nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etilmoqda.
Xalqaro arbitraj markazining asosiy vazifalari etib quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy investorlar o‘rtasida yuzaga keladigan shartnomaviy va boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish;
- nizolarni xalqaro arbitraj va nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari orqali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish;
- yetakchi xorijiy arbitrajlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro arbitraj orqali nizolarni hal etish sohasida tajriba almashish, shuningdek, Markazda nizolarni hal etishga xorijiy arbitrlarni jalb qilish;
- xalqaro arbitraj, shu jumladan, investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni suddan tashqari hal etish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
- mahalliy va xorijiy xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, xususan, xorijiy investorlarga investitsiya bilan bog‘liq, shu jumladan, tomonlardan biri davlat bo‘lgan nizolarning vujudga kelishining oldini olish sohasida konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.
Markazga arbitr sifatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlar fuqarosi bo‘lgan malakali arbitrlar ham jalb etilishi mumkin;
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, nizolarni hal etishda Markaz arbitrlari tomonidan boshqa, shu jumladan, xorijiy davlatning huquqi qo‘llanishi mumkin;
Markaz arbitrlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi hududida hakamlik sudlari qarorlarini ijro etish uchun qonun hujjatlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan tartibda ijro etiladi;
Markazda yozishmalar va ish yuritish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi;
Mavzuga oid
10:00 / 18.06.2026
400 biznesmen bir davrada – Osiyo, Arab va Afrikani bog‘lovchi makon ishbilarmonlari Toshkentda yig‘ildi
10:00 / 20.01.2026
Vizalarni soddalashtirish, tur-paketlarni muqobillashtirish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish: elchi va tadbirkorlar uchrashuvida qanday masalalar ko‘tarildi?
19:44 / 22.10.2025
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov
17:18 / 13.08.2025