Polshada 7 noyabrda NATOning Anakonda-2018 deb nomlangan yirik mashg‘ulotlari boshlanadi. Polsha qurolli kuchlari uchun bu 2018 yildagi eng yirik mashg‘ulotlar bo‘ladi.

Mashg‘ulotlarda NATOning 10 davlati harbiylari ishtirok etadi. Mashg‘ulotlar Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari poligonlarida, Boltiq dengizi havo va suv hududida o‘tadi. Mashg‘ulotlar ilk bor Estoniya, Litva va Latviya hududlarida o‘tadi.

Polshalik harbiy rahbarlarning aytishicha, mashg‘ulotlar biror-bir davlatga qaratilmagan. Biroq ko‘plab harbiy ekspertlarning fikricha, ushbu mashg‘ulotlar NATOning Belarus va Rossiyaning “G‘arb-2017” mashg‘ulotlariga javobi hisoblanadi.