Xorazmlik jurnalist özining qölga olinişi tafsilotlarini sözlab berdi
|03:08 / 08.11.201846 26214 min
Xorazmlik jurnalist, Qöşköpir tumanida istiqomat qilayotgan va «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Davlatnazar Rözmetov 29 oktabr kuni hibsga olinib, Qöşköpir tumani ma'muriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
5 noyabr kuni Rözmetov ozodlikka çiqdi va bölib ötgan voqealar töğrisida KUN.UZ muxbiriga batafsil intervyu berdi.
«Avvalo meni va oilamni qöllab-quvvatlab turgan döstlarimga, hamkasblarimga va umuman barçaga öz minnatdorçiligimni bildiraman. 29 oktabr kuni Qöşköpir tumani ma'muriy sudi hukmiga asosan 7 sutkaga qamaldim. Muddat tugagaç, Xudoga şukr, 5 noyabr kuni ozod böldim» — deb sözini boşladi Davlatnazar Rözmetov.
«Bölib ötgan voqea Qöşköpir tumani hokimi Jörabek Rahimov bilan oramizda yuzaga kelgan ziddiyat natijasi deb hisoblayman.
U bilan iş jarayonimda tanişganman. Jörabek Rahimov Boğot tumani hokimi bölib işlaganida men jurnalistik suriştiruvini ötkazib, aholi uçun möljallangan kömirning noqonuniy ravişda sotilayotgani haqida «Qoğoz bilan isinib bölmaydi», degan maqola yozgan edim. Maqola 2018 yil 31 yanvar kuni «Xorazm yoşlari» gazetasida çop etildi.
Şundan söng, Boğot tumani IIB tergovçisi gazetamiz muharriri Erpölat Baxtga bosim ötkazişga, uni xorijdagilar bilan aloqadorlikda, u yerdan moddiy yordam olayotganlikda ayblaşga urinib kördi. Biroq, heç narsa qilolmadi.
Oradan biroz vaqt ötgaç, Jörabek Rahimov Qöşköpir tumaniga hokim qilib tayinlandi.
25 oktabr kuni döstim qizini uzatayotgani tufayli, töyga bordim. Davrada ötirib, bir piyola aroq içdim. Suhbatlaşib ötirganimizda, menga qönğiroq böldi. Qöşköpir tumani hokimiyatida öqituvçi va şifokorlarni paxtaga jalb qiliş masalasi körilayotganini eşitdim. Keyin tezda majlisga yetib keldim. Majlislar zalining eşigi oldida 3-4 nafar yigit turgan ekan.
Içkariga kirmoqçi bölganimda, orgotdel boşliği Bahodir degan yigit tösqinlik qilişga urindi. Şunda hokim biz tortişib turganimizni eşitib: «Siz nima qilib yuribsiz?» deb söradi. Men «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosariman, bu oçiq majlismi yoki yopiqmi? Agar oçiq bölsa, kirib ötirmoqçiman, yopiq bölsa çiqib ketaveraman», — dedim. «Oçiq majlis, ötiring», — dedi. Men ötirdim. Şunda hokim: «Qisqasi, bor gap şu, boşqa narsalarni ertaga sözlaşamiz, majlis tamom», — dedi va çiqib ketdi. Orqasidan borib, hokim oldiga kirmoqçi edim, ruxsat berişmadi.
Mavzuga oid
Şu payt fuqarolik kiyimidagi ikki yigit qölimni qayirib, taşqariga olib çiqib ketdi. Kuç bilan «DAMAS» maşinasiga ötqazişdi. Ulardan biri «Sen kimsan?», — dedi. Guvohnomamni körsatib: «Men jurnalistman, gazeta muharriri örinbosariman», — dedim. «Nega burnimga guvohnomangni tiqiştirasan», — dedi va kutilmaganda qornimga muşt tuşirdi. «Senga kim huquq berdi bunday qilişga?», — dedi. «Menga qonun huquq bergan, prezident huquq bergan», — dedim. «Sen mening sovunimga kir yuvmabsan, endi daf bölasan, sen kimlar bilan öynaşganingni bilasanmi?», — dedi. Bu yigit özini taniştirmadi, ammo uning kimligini keyinçalik bilib oldim.
Şundan söng, keçki soat 22.00 atrofida Qöşköpir tumani markaziy şifoxonasiga olib borişdi. Navbatçi şifokor menga «qölingni burningga tekkiz, yuqoriga kötar, pastga tuşir, ötir, tur», degan buyruqlar bilan mastlik darajamni tekşirib kördi. Men mast holatda emasdim va unga «qon tahlili olinglar, mastlik darajasi ma'lum böladi», — dedim. Şunda şifokor kuldi va xonadan çiqib turişimni söradi. Yölakda turib, şifokorning xonadagi sözlarini eşitib turdim. Şifokor meni olib kelgan IIB xodimiga: «Buni nima qilmoqçisizlar?», — deb söradi. IIB xodimi: «Buni huşyorxonaga olib boriş kerak, xulosa yozib bering», — dedi. Şifokor unga: «Agar bundan qon tahlili olib, tekşirib, xulosa bersam, huşyorxona buni qabul qilmaydi. Içgan bölişi mumkin, lekin mastlik darajasi juda past. Qon oliş uçun menda asos bölişi kerak, xatti-harakatlari bejo bölişi kerak, şubhali bölişi kerak. Bundan qon olmayman», — dedi.
Keyin Qöşköpir tumani IIB binosiga olib ketişdi va jinoyat qidiruv bölimi boşliği xonasiga olib kirişdi. U yerda meni «DAMAS» avtomobili içida urgan şaxsni kördim. Xodimlar uni «Jur'at oğa», deb çaqirişlaridan, ismini ham bilib oldim. Kirganim zahoti u meni qattiq tepdi. Tentirab ketdim, telefonim ham tuşib ketdi. Jur'at telefonni qöliga olib, «Kodni ayt», — dedi. Aytdim. Keyin telefonimdagi yozişmalarni öqidi. Şundan söng, yana bir xodim bilan telefonimdagi materiallarni öçira boşladi. Unda Qöşköpir tumanidagi şikoyatlar böyiça örganilgan materiallar, intervyu videolari, xususan, hokim majlisida tuşirilgan voqealar ham bor edi. 1,5 soat vaqt davomida barça materiallarni öçirişdi.
Şundan söng, Jur'at: «Qisqasi, içganman deb yaxşilikça yozasanmi yo bölmasa yana «işlaymizmi»? Agar tonsang, seni uzoq muddatga «tiqaman», hozirni özida çöntagingga «taşlayman». Yaxşilikça yoz, «içganman, kirib majlisni buzdim», deb yoz», — dedi.
Men: «Mayli, yozaman, ammo bir kun kelib çiqaman-ku?» — dedim. «Menga döq urma!» — deb qornimga yana bir zarba tuşirdi. Şundan söng aytganlarini yozib berişga majbur böldim.
Keyin meni Xiva tumanidagi narkologiya dispanseriga olib borişdi. U yerda şifokor meni qabul qilişni istamadi. Çunki mastligim haqida Qöşköpir tumani şifokori xulosasi yöq edi. Huşyorxonaga topşiriş uçun odam uyini topolmaydigan darajada mast bölişi kerak ekan. Meni olib borgan uçastka noziri şifokorni kim bilandir telefonda gaplaştirdi, menimça, Jur'at bilan. Keyin huşyorxona olib qolişga rozi böldi.
Şundan söng, profilaktika inspektori meni çetga tortib: «Davlat oğa, heç qayerga şikoyat qilmang, bölib ötgan voqealarni oşkor qilmang, bor gap şu yerda qolsin. Yoşullini aytganiga qaramay, sizni qöyib yuboramiz. Sizga heç narsa bölmaydi, jarimaga ham tortilmaysiz. Sizga e'tirozimiz yöq, ertaga qöyib yuborişadi, faqat kelişaylik», — dedi. Men heç qayerga şikoyat qilmaslikka rozi böldim.
Ertalab huşyorxonadan çiqib, işga ketdim. Oradan bir neça kun ötdi. 29 oktabr kuni Urganç şahrida ötkazilayotgan xalqaro matematika olimpiadasini yoritiş uçun bordim. Şunda profilaktika inspektori menga qönğiroq qilib, qayerdaligimni söradi. «Urgançdaman», deganimdan söng, Qöşköpir tumani IIB xodimlari yetib kelişdi. «Sizni tuman IIB boşliği Temur oğa çaqiryapti. Bir oğiz gapi bor ekan, keyin qaytib kelasiz. Özimiz opkelamiz, tezda qaytasiz», — deyişdi.
Maşinaga ötirganimizdan söng, sudga olib ketişayotganini bildim. Bundan hayron qoldim, çunki menga heç qanday çaqiruv qoğozi körsatilmadi.
Qöşköpir tumani ma'muriy sudiga bordik. Uçastka noziri menga ijro varaqasi degan hujjatga imzo qöydirmoqçi böldi. Şunda iş jiddiy tus olganini, meni qamaşmoqçi ekanini tuşundim. Ammo, imzo çekişdan boş tortdim.
Soat 16:30da sud boşlandi. Unda prokuror qatnaşdi, hokimiyatda işlaydigan uç yigit guvoh sifatida iştirok etişdi. Dastlab söz menga berildi.
Men sud raisiga murojaat qilib, menga heç kim ma'muriy sudlanişim haqida xabar bermaganini, çaqiruv qoğozi yuborilmaganini, iş joyimdan aldab olib ketişganini, sudga ketayotganimni yölda bilganimni aytdim. Menda ham özimni himoya qiliş huquqi bölsa kerak?
Sud raisi mendan: «Axir siz bugun içmaganmisiz? (hozirgina uşlab kelişmadimi, degan ma'noda)», — deb söradi. «Özingizni özingiz himoya qila olasizmi yo advokat kerakmi?», — dedi. «Özimni özim himoya qilaman, ammo men guvohlarimni olib kelişim mumkin edi. Telefonda isbotlarim bor edi, uni öçirib taşlaşdi. Bu ma'lumotlarni tiklaş uçun vaqt kerak edi», — dedim.
«Bundan taşqari, mana prokuror yonida aytişim mumkin, Jur'at ismli xodim meni urib, öz aybimga iqrorligimni majburlab yozdirdi. Men heç kimni sökmadim, haqorat qilmadim. Özimni aybsiz deb hisoblayman. Aybim — töyda bir piyola aroq içganim bölişi mumkin, bundan boşqa aybim yöq», — dedim.
Keyin guvohlarning körsatmalari eşitildi. Ulardan biri meni zalga kirib «Hammani yoraman!» (boplayman) deb baqirdi» — deb körsatma berdi. Men sud raisiga murojaat qilib, kimdan sörasangiz sörang, mening luğatimda «yoraman» degan söz yöq, men «dobrdataman» degan sözni işlataman, buni zalga kirmasdan oldin aytganman. Bu bilan birovni haqorat qilişni közlamadim, balki jurnalistik tekşiruvini ötkazişni öz şevamda şunday izohladim, xolos», — dedim.
Sud raisiga bu guvohlar hokimiyatda işlaydigan xodim ekanini, ular hokimiyat nuqtai nazariga qarşi gapirmasligini aytdim. Hokimiyat xodimi bölmagan boşqa guvohlarni olib kelişga imkoniyat berişini söradim. Biroq, bu iltimosimga e'tibor berilmadi.
Sud yakunida prokuror meni «öta xavfli harakatlarni sodir qilgani, jamoatçilik tinçini buzgani» uçun Ma'muriy javobgarlik haqidagi kodeksning 183-moddasiga asosan 15 sutkaga qamaşni söradi. Sud raisi 7 sutka berdi. Şu yerning özida qölimga kişan solindi.
Taşqariga çiqqanimizda, IIB xodimlaridan uydagilar bilan boğlanişimga ruxsat berişlarini, nima voqea yuz berganini aytib berişim kerakligini, ularni xabardor qilişim lozimligini iltimos qildim. Ammo, ruxsat berişmadi.
«Nimaga menga nisbatan bunday nohaqlik qilyapsizlar, nega meni qamayapsizlar?» — deb sörasam, profilaktika inspektori — uçastka noziri: «Bu iş hokimiyat arizasi bilan qilindi», — dedi.
Şundan söng, meni Qöşköpir tumani IIB binosiga olib borişdi. U yerda boşliq örinbosari qandaydir qoğozga imzo çekişi kerak ekan. Qölimda kişan bilan xonasiga olib kirişdi. Yoş yigit ekan. U yonimga kelib: «Xöş, sud böldimi? Sen özi nima qilib yuribsan», — dedi va qornimga muşt tuşirdi. Ikki buklanib qoldim. «Qölimga tuşding, endi bir yil nazoratimda turasan», — dedi. Yana bir muşt tuşirmoqçi bölganida, telefon jiringlab qoldi. Şundan söng, bizni xonasidan çiqarib yubordi.
Keyin Xazorasp tumani IIB binosidagi izolyatorga olib borişdi. 7 kunlik qamoq jazosini öşa yerda ötaşim kerak ekan, çunki Qöşköpir tumani IIB izolyatorida joy yöq ekan.
Qamoqdagi dastlabki kuniyoq «endi tamom bölding, bu yerdan ozodlikka çiqmaysan», degan gaplarni eşitdim. Ammo, bir kun ötgaç, vaziyat özgardi, ança yumşadi. Keyin bilsam, men haqimda KUN.UZ saytida xabar çiqqan ekan. Buni IIB xodimidan eşitdim. «Davlat oğa, KUN.UZ siz haqingizda yozibdi», — dedi.
Qamoqxonada menga nisbatan tazyiq yoki bosim uyuştirilmadi. Heç qanday qiynoqqa solinmadim. 7 kundan söng ozod qilindim. Hibsda ötirganimda taqdiri menikiga öxşaş odamlarni uçratdim, ular bilan gaplaşdim. Bu haqdagi taassurotlarim — alohida mavzu.
Ozod bölganimdan söng, köplab odamlar mening taqdirim bilan qiziqqani, qayğurganini eşitdim, ulardan minnatdorman.
Ma'muriy javobgarlik haqidagi kodeksini örganib çiqdim, huquqşunoslar bilan maslahatlaşdim. Aslida, 183-modda bilan menga qöyilgan ayb juda kulgili. Mayda bezorilikda ayblaniş uçun avvalo jabrlanuvçi bölişi kerak, u ariza yozişi kerak. «Meni sökdi, urdi, şilqimlik qildi», — deb körsatma berişi kerak ekan. Yoki jamoat tartibini qöpol ravişda buzgan bölişim, biror narsani otib yuborişim, sindirişim kerak ekan. Bu işlarni qilmaganman.
Sud qarorini olgaç, darhol apellyatsiya berib, oqlanişimni talab qilmoqçiman. Huquqşunos tanişlarim, advokatlar menga beğaraz yordam berişga tayyor ekanini bildirişgan. Heç qanday aybsiz jazolanganimga işonçim komil.
Endi öz işimni, jurnalistik faoliyatimni davom ettiraman», — deb sözlarini yakunladi Davlatnazar Rözmetov.
Nurmuhammad Said suhbatlaşdi
Tahririyatdan: Albatta, öz xizmat vazifasini ado etayotgan jurnalistga içki işlar idoralari xodimlarining bunday munosabatda bölişi xizmat vazifasini suiiste'mol qiliş hisoblanadi. KUN.UZ mazkur voqeani örganişda davom etadi va haqiqatning qaror topişida Xorazm viloyat içki işlar boşqarmasining kömagiga tayanişdan umid qiladi.