AQShning Chikago shahridan Kanadaning Galifaks Stanfild aeroportiga uchib kelgan Boeing 747-400 SkyLease yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi.

Foto: twitter.com\Airways Magazine
Foto: twitter.com\Airways Magazine
Foto: twitter.com\Airways Magazine
Foto: twitter.com\Airways Magazine

Voqea 7 noyabrda yuz bergan. AQShdan Xitoyga uchayotgan samolyot yuk olish uchun Galifaksda qo‘ngan. Samolyot muvaffaqiyatsiz qo‘nish sababli uchish-qo‘nish yo‘lagidan 50 metrcha tashqariga chiqib ketgan.

Oqibatda samolyot ekipajining 5 a'zosi kichik jarohatlar olgan va yaqin atrofdagi shifoxonaga ko‘rik uchun yetkazilgan. Voqeadan keyin aeroport reyslarning bekor qilinishi haqida e'lon qilib, ma'lum muddatga ishini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan.