O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Zoyir Toirovich Mirzayev 7 noyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

2010 yilning 17 dekabridan 2016 yilning 15 dekabrigacha Samarqand viloyatini boshqargan Zoyir Toirovich Mirzayev ayni paytda tuman hokimi vazifasiga tayinlangan uchinchi sobiq Samarqand viloyati hokimi bo‘lmoqda.

Foto: Zoyir Toirovich Mirzayev

Ungacha 2006 yilning dekabridan 2008 yilning apreligacha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A'zamxon Usmonovich Bahromov avval Qo‘shrabot tumani hokimi (04.09.2017 – 11.11.2017) va 2017 yil 11 noyabrdan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi vazifasiga tayinlangan edi.

Foto: A'zamxon Usmonovich Bahromov 

2016 yilning 23 dekabridan 2017 yilning 12 iyuniga qadar Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev 2017 yilning 11 noyabridan buyon Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida ishlamoqda.