Qozoğistonning Aqtöbe oblastida Jinoiy işlar böyiça tumanlararo ixtisoslaştirilgan sudda Aqtöbedagi yölda 52 nafar özbekistonlik yonib ketgan avtobus haydovçilariga hukm öqildi. Viloyat sudi matbuot xizmati xabariga köra, jami 5 ayblanuvçiga jazo tayinlangan.
«Avtobus haydovçilari B.Tanatov, N.Qirğizboyev va M.Pernebekovga sud 5 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinladi. Ular keyingi 7 yil mobaynida yölovçi taşiş xizmati sohasida işlay olişmaydi», deya xabar bergan «Interfaks» agentligi.
«Aziya tranzit servis» (avtobusga egalik qilgan kompaniya) mexanigi B.Perdebayev hamda kompaniya direktori N.Tlepbayev esa 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ular sud zalida qamoqqa olingan.

Bundan taşqari, sudlanuvçilar halok bölgan 52 özbekistonlik uçun ularning oila a'zolariga 2 million tenge miqdorida (5300 dollar atrofida) tovon puli tölaşadi.
2018 yilning 18 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida, Samara-Çimkent trassasi 1068-kilometrida haydovçilar bilan birga jami 57 kişi bölgan avtobus yonib ketgandi. Bu fojia oqibatida Özbekistonning Rossiyaga ketayotgan 52 nafar fuqarosi halok bölgan. Fojiadan 5 kişi omon qolgan, ularning 3 nafari qozoğistonlik haydovçilar va 2 nafari Özbekiston fuqarolari. Avtobusning yonib ketişiga rasmiy sabab - texnik nosozlik va xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik.

Sudlanuvçilarga xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraş, nosoz avtotransportni ekspluatatsiya qiliş oqibatida ikki va undan ortiq kişining ölimiga sabab böliş, hujjatlarni qalbakilaştiriş kabi ayblovlar ilgari surilgandi.
Tergov davomida aniqlanişiça, har ikki yilda texnik körikdan ötişi şart bölgan avtobus oxirgi marta 2015 yilda bunday körikdan ötkazilgan. Haydovçilardan biri haydovçilik guvohnomasi olib qöyilgan bölsa-da, avtobusni boşqargan. Avtomexanik Bahodir Perdebayev esa nosoz avtobusning xizmat körsatişiga ruxsat bergan. Avtobus ana şunday qator kamçiliklar bilan Sarioğoçdan Qozon şahriga yöl olgan.


















