Quyosh energiyasidan suyuq yonilg‘i olindi
Shvetsiya va AQSh olimlari quyosh energiyasini to‘plovchi suyuqlikni yaratishdi. Ta'kidlanishicha, yangi texnologiya quyosh batareyalari bozorida inqilob yasashi mumkin.
Yangi yonilg‘i negizida yotuvchi molekulani yaratish jarayoni bir necha yildan beri davom etadi, biroq olimlar oxirgi vaqtda uglerod, vodorod va azotdan o‘ziga xos molekulani yaratishda ancha taraqqiy qildilar.
“Quyosh nuri atomlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zgartirishga majbur qiladi, natijada molekula quyosh energiyasini 20 yil davomida saqlay oladigan izomerga aylanadi”, deb aytishgan Massachusets texnologiya instituti xodimlari.
Yangi texnologiyaga asoslanadigan, quyosh energiyasini olish va saqlash uchun mo‘ljallangan yangi tizimlar quyosh energiyasini maxsus suyuqlikda to‘playdi, so‘ngra zarurat bo‘lganda energiyani issiqlik ko‘rinishida bera oladi.
Shaffof trubkalardagi suyuqlik quyosh nuri yordamida qiziydi va uning tarkibidagi norbornadiyen molekulalari issiqlik saqlovchi izomer – kvadrisiklanga aylanadi.
“Olingan suyuqlik xona haroratida saqlanadi. Agar undan energiya olinmoqchi bo‘lsa, suyuqlik katalizatorga joylashtiriladi va molekulalar issiqlik ajratgancha dastlabki shakliga qaytadi”, deb tushuntirganlar olimlar.
Mavzuga oid
23:32 / 04.11.2024
Elektromototsikl Afrika bo‘ylab quyosh energiyasida 6 ming kilometr yo‘l bosib o‘tdi
15:51 / 03.08.2024
Issiq suvdan xarajatsiz foydalanish mumkinmi? Quyosh suv isitkichlari haqida
16:10 / 22.07.2024
Tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mlik yonilg‘isini qo‘lga kiritgan MChJ aniqlandi
15:18 / 28.03.2024